Manba: Getty Images
“Manchester Siti” yozgi transfer oynasidagi navbatdagi yirik yurishini amalga oshirdi. “Shaharliklar” matbuot xizmati “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonning transferi bo‘yicha har ikki tomon kelishuvga erishganini rasman tasdiqladi.
Ayni kunlarda Angliya terma jamoasi safida Shimoliy Amerikadagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan 23 yoshli futbolchi AQSHning Kanzas shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan. Shartnomaning qolgan barcha huquqiy va rasmiy bandlari futbolchi mundialni yakunlab, Angliyaga qaytganidan so‘ng rasmiylashtiriladi.Ma’lumot uchun, Anderson “Nyukasl” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024-yilda 15 million funt sterling evaziga “Nottingem Forest” safiga kelib qo‘shilgan edi. Yarim himoyachi yakunlangan mavsumda Premyer Liganing barcha 38 ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Nufuzli insayderlarning tarqatgan xabarlariga ko‘ra, mazkur shov-shuvli kelishuv qiymati 135 million yevroni tashkil etgan.“Klubimizning barcha a’zolari Elliotga va Angliya terma jamoasiga Jahon chempionatidagi chempionlik yurishida ulkan zafarlar tilaydi. Biz uni tez orada Manchesterda kutib olishni intiqlik bilan kutib qolamiz”, deyiladi jamoa e’lon qilgan rasmiy bayonotda.
Izohlar